Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida şaxmat böyiça Jahon kubogi davom etmoqda. Dunyoning kuçli 128 nafar şaxmatçisi dona surayotgan yilning uşbu nufuzli musobaqasi olimpiya tizimida ötkazilib, har bir bosqiçdan söng mağlubiyatga uçragan iştirokçi turnirni tark etadi.
Jahon kubogida 35-raqam ostida tasniflangan 17-jahon çempioni Rustam Qosimjonov ham 1/64 final bosqiçidayoq musobaqani tark etdi. Reytingda özidan ança pastda turgan kanadalik Aleksey Kovalevga qarşi keçgan hal qiluvçi uçinçi partiyada u mağlubiyat alamini totib kördi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.
Bundan avvalgi ikki partiyada durang natija qayd etilgandi. Qosimjonovni Jahon kubogidan çiqarib yuborgan Kovalev endi 1/32 final bosqiçida argentinalik Sandro Mareko bilan hisob-kitob qiladi.
Eslatib ötamiz, Jahon kubogining umumiy mukofot jamğarmasi 1 million 600 ming dollarni taşkil etadi. Ğolib şaxmatçi 96 ming dollarga ega böladi. Vitse-çempion 64, yarim finalçilar 40, çorak finalga yetib kelgan grossmeysterlar esa 28 ming dollarga öz hamyonlarini boyitib olişadi.






