15 sentabr kuni Germaniyaning Frankfurt şahrida an'anaviy 66-avtosalon oçildi. Motorşou Frankfurt va Parij şaharlarida navbatma-navbat toq yillarda ötkaziladi. 2013 yilgi körgazmada 159 xalqaro premera ötkazilib, tomoşabinlar soni 881 ming kişidan oşgan edi.
Quyida motorşouning eng muhim yangiliklarini berib boramiz.
***
Assalomu Alaykum! Frankfurt avtosaloni oçildi. Yaqin ikki kun davomida uşbu lentada tadbirning eng muhim yangiliklari, eng diqqatga sazovor namoyiş va taqdimotlari joylaştirib boriladi. Motorşouda önlab yangi modellar va kontsept-karlar taqdim etiladi.
***
Range Rover pikapini körganmisiz? Yöqmi? U holda köring.

***
Frankfurtga faqatgina avtomobilsozlar emas, tyuning-atelelar ham taşrif buyurdi. Masalan, Mansory kompaniyasidan Lamborghini Huracan keltirildi.

***
Porsche 911ning yangi modellari, endi ularning asosiy variantlari ham turbomotor bilan ta'minlanadi.

***
Land Rover va Jaguar avtosalonga olib kelgan yangi avtomobillar Jyeyms Bond haqidagi yangi filmda iştirok emtqoda. Suratda C-X75 superkari, superagentning asosiy duşmani şu maşinada yuradi.

***
"Sitroyen"ning puflab şişiriluvçi karkas va oçiladigan yumşoq tomga ega kontsepti. Kompaniya rasmiylari darhaqiqat firmaning imijini yanada quvnoq qiladigan model ustida boş qotirmoqda. Suratlar / batafsil.

***
Toyota RAV4 gibridi formulada körsatilganidek texnologiyalarga ega. Krossover ham kinetik, ham issiqlik energiyasi rekuperatsiyasi tizimiga ega. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***
Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce avtomobilsozlik kompaniyasi yangi ultralyuks sinfidagi Rolls-Royce Dawn kabrioletini namoyiş qildi. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***
BMW 7 ni kalit yordamida masofadan turib parkovka qiliş mumkin böldi

BMW kompaniyasi Frankfurtda bölib ötayotgan avtosalonda 7-seriyasining flagman modelini namoyiş qildi. BMW’da ta'kidlanganidek, avtomobil özida “konsernning haydovçiga yordam beruvçi intellektual tizimlarining eng oxirgi innovatsiyalarini” mujassamlaştirgan. Batafsil.
***
Frankfurt avtosalonida britaniyaliklar barçaning yuzida kulgu uyğotişdi. Land Rover kompaniyasi taqdimotga işlab çiqarilişi töxtatilgan Land Rover Defender rusumli avtomobilining öyinçoq körinişida işlangan nusxasini olib keldi. Lekin bu "öyinçoq"ning narxi 15 ming dollar.
***
Tayvanliklar Frankfurt avtosalonidagi eng noodatiy körinişdagi avtomobilni taqdim etişdi. Thunder Power kompaniyasi tomonidan işlangan elektrokar bir marta quvvatlaniş orqali 650 km masofani uzluksiz bosib ötişi mumkin. "Tesla"ning asosiy raqobatçisi bölişi kutilayotgan bu model 2017 yildan boşlab Yevropa bozoriga kirib kelişi mumkin. Batafsil.




***
Porsche tomonidan taqdim etilgan 4 örinli elektrosuperkarni raqobatçilar katta xavotir bilan qarşi olişdi.
Mission E nomini olgan modelning körinişi öta maftunkor bölib, u bir marta quvvatlantirilganda 500 km masofa bosişi mumkin.

***
Yaponiyaning Suzuki kompaniyasi bugungi marosimga 2ta yangi mahsuloti bilan taşrif buyurdi.
Birinçisi - S indeksli "quvvatlangan" Vitara versiyasi, ikkinçisi esa Yevropa yöllari uçun möljallangan ixçam Baleno xetçbeki.


***
510 ot kuçiga ega Alfa Romeo Giulia avtomobili Nyurburgringda BMW M5 tomonidan örnatilgan rekordni yangiladi:

***
Nissan Frankfurt taqdimoti uçun "Datsun" poyga avtomobillari elementlarini özida mujassamlaştirgan Gripz modelini tayyorladi. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***
"Mersedes"ning barça yangi modellari bitta fotosuratda: Smart kabriki, S-Class oçiq modeli, "quvvatlangan" C-Class kupesi;

***
Frankfurt avtosalonida britaniyaliklar barçaning yuzida kulgu uyğotişdi. Land Rover kompaniyasi taqdimotga işlab çiqarilişi töxtatilgan Land Rover Defender rusumli avtomobilining öyinçoq körinişida işlangan nusxasini olib keldi. Lekin bu "öyinçoq"ning narxi 15 ming dollar.

***
Bugungi taqdimotlarda Ford ham özining yangi global modelini namoyiş qildi. Kompaniya Ford Edge rusumli yangi modelni butun Yevropa böylab sotuvga çiqaradi.

***
Frankfurtda yangi Kia Sportage namoyiş etildi. Uşbu krossover avvalgilaridan yirikroq va 1,6 litrli motorga ega, atmosferali va turbirlangan benzinli dvigatel bilan ta'minlangan.

***
Nyundai kompaniyasidan ikkita yangilik: Birinçisi 2016 yilgi WRC rallisida iştirok etişi uçun möljallangan i20 modeli, ikkinçisi Gran Turismo 6 rusumli superkar.
***
BMW kompaniyasi esa M6 GT3 kupesining poyga versiyasini olib keldi. Suratlar va batafsil ma'lumot.
***
Yangi avlod Audi S4 A sedani va universaliga ham navbat keldi. 354 ot kuçi, sakkiz bosqiçli avtomat ötkazmalar qutisi, 100 km gaça 4.7 sekund. Hamma narsa unda mujassam!
***
Toyota Nissan Juke raqobatçisini yaratişga jiddiy kirişgan körinadi. U CH-R prototipini namoyiş qildi. FOTO / Batafsil.


***
Hyundai kompaniyasi Frankfurtga Vision G prototipini olib kelibdi. Kontsept-karning birinçi namoyişi avgustda Los-Anjyelesdagi san'at muzeyida bölib ötgan edi. Suratlar va batafsil ma'lumot.
***
Mazda kompaniyasining Frankfurtdagi yangiligi - Koeru kontseptual krossoveri. Taxmin qilinişiça, uning seriyali versiyasi CX-4 nomini olişi mumkin.

***
BMW rahbari Harald Kryuger Frankfurtdagi avtosalon oçilişida huşdan ketib yiqildi

Germaniyaning Frankfurt şahridagi xalqaro avtosalon oçilişiga bağişlangan marosimda BMW kompaniyasi rahbari Harald Kryuger huşdan ketib yiqildi. Şu munosabat bilan BMW yangi modellarining namoyişi qoldirildi... batafsil.
***
Endi navbat Mercedes-Benz’ga. Kompaniya öz uyida ötayotgan motorşouga Intelligent Aerodynamic Automobile prototipi bilan keldi. Kompaniya öz kontsept-karini kamtarona "aerodinamika böyiça jahon çempioni" deb atamoqda, negaki avtomobilning yuzma-yuz qarşiligi koeffitsiyenti bor-yöği 0.19ni taşkil qiladi.

***
Volkswagen premeralariga yakun yasar ekanmiz, Bugatti Vision Gran Turismo kontsept-karini tilga olmay iloj yöq. Maşina Gran Turismo 6 kompyuter öyini uçun yaratilgan, ammo Frankfurtda uning real prototipi körsatildi. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***
Lamborghini motorşouga Huracan – Spyder superkarining oçiq versiyasini tayyorlab keldi. Model 610 kuçli V10 benzinov dvigateliga va yiğiladigan yumşoq tomga ega böldi. Uning tomi 17 sekundda yiğiladi. Suratlar va batafsil ma'lumot.
***
Audi kompaniyasi ham Frankfurtga elektrokar bilan keldi. Uning prototipi e-tron quattro deb ataladi va Tesla Model X bilan raqobatlaşadigan elektromobilning birlamçi varianti hisoblanadi. Tört dvigateldan iborat kuç qurilmasining umumiy quvvati 435 ot kuçini taşkil qiladi. Batafsil...
***
Porsche kompaniyasi Frankfurtga Mission E nomli tört örinli elektrokar prototipi bilan taşrif buyurdi. Kontseptning ikkita elektrik dvigateli bölib, ularning umumiy quvvati 600 ot kuçiga teng. Porsche prototipi örnidan qözğalganida 3.5 sekundda 100 km/soat tezlikka erişadi.
***
Şuningdek, Frankfurtda ikkinçi avlod Volkswagen Tiguan’ning debyuti bölib ötdi. Modelning hajmi biroz oşdi, ammo vazni yengillaşdi. Golf va Passat bilan bir platformada qurilgan Tiguan Yevropada 2016 yil bahorida sotuvga çiqariladi.

***
Bentley kompaniyasining Bentayga nomini olgan birinçi seriyali yöltanlamasini olaylik. Model Ispaniyaning Gran-Kanariya orolidagi qoyalar nomiga qöyilgan. U 608 ot kuçiga ega tvin-turbo W12 dvigateli bilan ta'minlangan. Maşina 4.1 sekundda 100 km/soat tezlikka erişadi.
Bentley yöltanlamasining barça fotosuratlarini şu yerda körişingiz mumkin böladi.
Bentayga’ning körinişi quyidagiça:

***
Volkswagen konserni ham raqiblaridan ortda qolmaslikka intilmoqda. Germaniyaning yetakçi avtomobilsoz kompaniyasi an'anaviy tarzda özi tomonidan işlab çiqarilgan yangi modellari taqdimotini motorşou oçilişidan bir kun oldin ötkazib oldi. Tomoşa qilişga arziydigan modellar ham köp böldi.
***
Jaguar F-Pace eng diqqatga sazovor premeralardan biri böldi. U haqda batafsil ma'lumotni uşbu havola orqali öqişingiz mumkin.
Krossover aylana tasma böylab harakat qilganini körganmisiz? Bu ajoyibotni quyida körişingiz mumkin böladi.






