Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Tojikiston örtasidagi ittifoqçilik şartnomalari doirasidagi hamkorligi natijalaridan mamnunligini bayon qildi. Bu haqda u Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uçraşuv çoğida aytib ötdi.

“Tojikiston va Rossiya örtasidagi munosabatlar ittifoqçilik majburiyatlari asosida olib borilmoqda. Biz barça xalqaro taşkilotlar – BMT, OBSe, ŞXT doirasidagi barça harakatlarimizni özaro kelişib amalga oşirişimizni mamnuniyat bilan ta'kidlab ötişim mumkin”, - ta'kidladi u.

Eslatib ötamiz, Tojikiston poytaxtida KXŞT davlatlari yetakçilarining sammiti bölib ötmoqda. Uşbu sammitning keyingi bosqiçida yiğilişga delegatsiyalar ham qöşiladi. Kengaşning bugungi sessiyasi bir qator hujjatlarning imzolanişi bilan yakunlanadi. Bular orasida eng muhimi davlat rahbarlarining xalqaro siyosiy maydondagi eng dolzarb masalalar böyiça qöşma bayonotidir.

Ta'kidlanişiça, hujjatda taşkilotga a'zo davlatlarning jahon miqyosida avj olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy muammolar, harbiy ixtilof yuzasidan xavotirlari bayon etiladi.
Sammit davomida KXŞTning turli yönalişdagi hamkorlikdagi faoliyati, jumladan, mintaqaviy va global tahdidlar, terrorçilik va ekstremizmga qarşi kuraş singari masalalar muhokama qilinadi.