Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce avtomobilsozlik kompaniyasi yangi ultralyuks sinfidagi Rolls-Royce Dawn kabrioletini namoyiş qildi. Avtomobil Frankfurtda bölib ötayotgan avtosalonda ilk bor namoyiş qilindi. 

Dizaynerlarni avtomobilni yaratişga 1952 yildagi model ilhomlantirdi. Yangi maşinaning nomi “Tong” deb tarjima qilinadi va işlab çiqaruvçilar maşinani “har bir yangi kun özida saqlovçi çorlovçi imkoniyatlar” bilan boğlaşmoqda.
Kabriolet yiğiluvçi yumşoq matoli tom bilan jihozlangan. Tom soatiga 50 km tezlikda 22 soniyada yiğiladi.

Rolls-Royce Dawn kapoti ostida 12 silindrli 6,6 litr hajmga ega ikki turbonadduvli dvigatel joylaşgan. Dvigatel 563 ot kuçiga erişa oladi. Salondagi örindiqlar alohida – ayri körinişida joylaşgan.

Maşina 16 ta dinamikli Bespoke audiotizimi bilan jihozlangan. Içki örnatilgan mikrofon evaziga ovoz va tonallikni sozlaş mumkin. Maşinaning yana bir öziga xos jihati şundaki, unda yölovçilarni taniş tizimi mavjud bölib, u teplovizor kabi işlaydi.