Apple kompaniyasi iPhone qurilmalaridan endigina foydalanişni boşlagan sobiq “androidçi”lar uçun korporatsiya tarixida ilk marotaba Android ilova — Move to iOS (iOSga ötiş)ni taqdim etdi.
Ilovadan foydalaniş uçun iOS 9 operatsion sistemasi örnatilgan iPhone va Google`ning 4.0 va undan yuqori mobil platformasi örnatilgan Android-smartfon kerak böladi. iPhone`da “ötiş”ni amalga oşiriş uçun dastlabki sozlamalar amalga oşirilmasligi kerak, aynan şu vaqtda Android ma'lumotlariga ötiş imkoni böladi.
Yangi platformaga suratlar va videolar, xabarlar, Google akkaunti ma'lumotlari, aloqa raqamlari, taqvim hamda brauzerdagi xatçöplarni köçirib ötkaziş mumkin. Şu bilan birga, Apple ilovasi Android-smartfonga örnatilgan ilovalarni tahlil qilib, App Store`da mavjud bölgan öxşaş ilovalarni yangi iPhone`ga bepul örnatadi.
Barça uskunalari tarmoqqa Wi-Fi orqali ulangan bölib, ma'lumotlarni jönatib “bulut” orqali emas, balki simsiz aloqa yöli bilan Android uskunaga iPhone`dagi maxsus raqam kiritilganidan söng köçiriladi.






