Germaniyaning Frankfurt şahri yaqinida Napoleonning armiyasida bölgan 200 nafar atrofidagi askarga tegişli qoldiqlar topildi. Bu haqda Phys.org xabar berdi.

"Biz bu yerga 200 nafarga yaqin askar kömilganini taxmin qilayapmiz", deb ma'lum qilgan Frankfurt şahri meri Olaf Kunits.
Uning qayd etişiça, birinçi xulosalarga köra, bu askarlar 1813 yilda Rossiyadan qaytgan armiya safida bölişgan.
Kunitsning aytişiça, öşanda Frankfurt yaqinida fransuz askarlari Rossiya armiyasi hujumiga uçragan va bu jangda Napoleonning jami 15 ming nafar askari halok bölgan.
Ayni vaqtda 30ta skelet tiklangan. Qolgan qoldiqlarning skeleti tiklanişi uçun yana 4-6 hafta muddat talab qilinadi.






