2016 yil hosili uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlarida 53 ming gektar maydonga (şundan 47 ming 498 gektar oçiq maydonga, 5502 gektar ğöza qator oralariga) buğdoy ekiş rejalaştirilgan. Bu haqda "Telegraf.uz" xabar bergan.
Tajribali dehqonlar va olimlar tavsiyalari böyiça buğdoyning sovuqqa çidamli “Krasnodar -99”, “Yaksart”, “Zimnitsa” “Gratsiya”, “Durdona”, “Vostorg”, “Asr”, “Tanya” navlari ekilmoqda. Şuningdek, maydonlarning şaroitiga qarab 550 gektar maydonga yangi navlar ekilişi nazarda tutilgan.
Buğdoy ekiş mavsumini uyuşqoqlik bilan optimal muddatlarda ötkaziş maqsadida 132 otryadlar taşkil qilingan bölib, ularga tegişli mutaxassis xodimlar va texnikalar biriktirildi. Buğdoy ekiş işlarida 276ta yuqori unumli traktorlar, 133 dona don ekiş seyalkalar hamda boşqa yuzlab texnikalar va moslamalardan samarali foydalanilmoqda. Ularning soz holda samarali işlaşini ta'minlaş uçun 124ta köçma ta'mirlaş ustaxonalari xizmat körsatmoqda.
Hozirda 9 ming 870 gektar maydonga buğdoy ekildi. Ekiş işlarini optimal muddatlarda va belgilangan agrotexnik qoidalar asosida olib boriş uçun barça zarur çoralar körilmoqda.






