Uşbu haftada Özbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi murabbiylar kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda milliy va olimpiya terma jamoalarining hisoboti tinglandi. Bu haqda Özbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Majlisga ÖFF Prezidenti Mirabror Usmonov raislik qildi. Murabbiylarning hisobotidan avval u kun tartibidagi masalalar böyiça kengaş a'zolari va taklif etilganlarga axborot berdi.

“Bugungi kunda milliy terma jamoa tarkibi qançalik kuçli bölsa, olimpiya terma jamoasi ham şunçalik kuçli. Jamoada salohiyat katta. Futbolçilar yonib öynaşyapti. Ular olimpiya terma jamoasidagi öyinlari orqali milliy terma jamoa eşiklarini oçiş uçun jon berib öynaşadi. Qolaversa, olimpiada öyinlarida iştirok etiş har qanday futbolçi uçun katta orzu. Şu nuqtai nazardan olib qaralsa, olimpiya terma jamoasining Rio olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritişi yölidagi zahmatli işlarida omad va muvaffaqiyat tilab qolaman”, - deydi Usmonov.

Olimpiya terma jamoasi Osiyo çempionatiga tayyorgarlikning asosiy qismini BAAning Dubay şahrida ötkazadi. Ikki bosqiçli tayyorgarlikning birinçisi 2-14 dekabr kunlariga töğri kelsa, ikkinçisi 17-28 dekabr kunlari bölib ötadi. 9 yanvarda boşlanadigan Osiyo çempionatiga boriş oldidan ham olimpiyaçilar 2 yanvarda Dubayga jönab ketib, u yerda yana bir hafta mobaynida taşkil qilinadigan yiğinda musobaqaga tayyorgarlik köradilar.

Viktor Jalilov boşçiligidagi olimpiya terma jamoasining olimpiada yöllanmasini qölga kiritiş yölidagi tayyorgarlik jarayoni uçun Özbekiston Futbol Federatsiyasi murabbiylar ştabining talablari asosida mavjud şart-şaroitlarni muhayyo qilib bergan. Tayyorgarlikning reja asosida borişini boş murabbiy nazorat qilib boradi va federatsiya rahbariyatiga hisobot beradi.

Majlisda, şuningdek, milliy terma jamoa boş murabbiyi Samvel Babayanga olimpiya terma jamoasining tayyorgarligi borasida Viktor Jalilov bilan yelkama-yelka işlaş, zaruriyat tuğilsa yordam beriş vazifasi yuklandi.

“Biz olimpiada yöllanmasi uçun harakat qilyapmizmi, demak, hammamiz birga işlaşimiz kerak. Murabbiylarga, futbolçilarga nima kerak bölsa, joyida bajo keltirişimiz kerak. Olimpiya terma jamoasi tarkibida milliy terma jamoa a'zolari ham borligini inobatga olib, Samvel Babayanning ham yordamga kelişini, zaruriyat tuğilsa, 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionatida olimpiya terma jamoasi murabbiylari tarkibiga boş murabbiy istagan har qaysi mutaxassisni taklif etişga haqqi borligini alohida ma'lum qilib ötmoqçiman”, - deydi Mirabror Usmonov.