Joriy yilning 18 sentabr kuni Prezidentimizning “Qurbon hayitini nişonlaş töğrisida” gi Qarori e'lon qilindi. Bugun mazkur qaror ijrosi yuzasidan poytaxtimizdagi “Şayx Zayniddin” jome masjidida Özbekiston Musulmonlari idorasi Toşkent şahar vakilligining yiğilişi bölib ötdi. Unda Din işlari böyiça qömita bölim boşliği Muhammadbobur Yöldoşev, Toşkent şahar hokimi örinbosari Şuhrat Turdiqulov, Özbekiston musulmonlari idorasining mas'ul vakillari hamda Toşkent şahridagi mavjud jome masjidlarning imom xatiblari iştirok etdi.
Yiğilişda söz olgan Toşkent şahar boş imom xatibi Anvar qori Tursunov yaqinlaşib kelayotgan Qurbon hayiti bilan qutladi va Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nişonlaş töğrisida” gi Qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan barça imom xatiblarga tuşuntirişlar berib ötdi.
Yiğilişda sözga çiqqan Din işlari böyiça qömita bölim boşliği Muhammadbobur Yöldoşevning bayram arafasida qilinişi kerak bölgan işlar yuzasidan körsatmalari tinglandi. Xususan, masjid va unga tutaş köçalarda obodlaştiriş işlarini olib boriş, qabristonlarda xaşar uyuştiriş, namozxonlarga yetarliça şart - şaroit yaratiş, masjidlarga örnatilgan kuzatuv kameralarni texnik nazoratdan ötkaziş, masjid atrofida tinçlikni saqlaş böyiça ogohlikni kuçaytiriş kerakligi ta'kidlandi.
Şuningdek, bugungi kunda turli diniy oqimlarning axboriy xurujlariga qarşi keng tarğibot taşviqot işlarini olib boriş kerakligi ham qayd etildi. Anjuman sönggida Qurbon hayiti bayramiga taraddud körişlik böyiça yiğliş qarori qabul qilindi.

"Şayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati / Muxlis.uz






