21 sentabr kuni Özbekiston Davlat jahon tillari universitetida yurtimizdagi Fransiya elçixonasi, Britaniya kengaşi hamda Gyote instituti hamkorligida "Nemis, ingliz, fransuz tili öqituvçilari uçun respublika malaka oşiriş seminarlari"ning oçiliş marosimi ötkazildi.
ÖzDJTU rektori Şuhrat Qayumov nutqi bilan oçib berilgan marosimda Özbekiston Britaniya kengaşi rahbari Mark Krossi, Gyote instituti direktori Yulia Xanske hamda Fransiya elçixonasining hamkorlik va madaniyat işlari böyiça maslahatçisi Olive Giyom sözga çiqib seminar iştirokçilariga omad tiladilar.

3 kun davom etadigan mazkur treninglarda respublikamizning turli hududlaridan taşrif buyurgan 100dan ortiq ingliz, nemis, fransuz tili öqituvçilari özlarining til könikmalarini oşirib, ta'limning yangi metodlarini örganiş böyiça malakalarini oşirişlari közda tutilgan.

Innovatsion ilmiy-amaliy markaz mutaxassislari va hamkor taşkilotlar CEFRni ta'limga tatbiq qiliş, darsliklar işlab çiqiş, uzluksiz kasbiy faoliyatni olib boriş va til öqitişning metodlari haqida uç kun davomida sessiyalar bölib ötadi.









