«Özbekkino» Milliy agentligi, Özbekiston Respublikasining AQŞdagi elçixonasi va Jorj Vaşington nomidagi universitet hamkorligida 22-28 sentabr kunlari AQŞning Vaşington şahrida «Özbek kinosi haftaligi» bölib ötadi. Bu haqda «Özbekkino» MA matbuot xizmati xabar berdi.
Kinohaftalik davomida özbek kinematografiyasi oltin fondidan örin olgan «Toşkent – non şahri» (rejissyor Şuhrat Abbosov), şuningdek, «Özbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan turli yillarda suratga olingan «Dilxiroj» (Yusuf Roziqov), «Parizod» (Ayub Şahobiddinov), «Osmondagi bolalar» (Zulfiqor Musoqov), «Ota» (Abduxalil Mignorov) filmlari namoyiş etiladi.
Mazkur madaniy tadbir doirasida «Özbekkino» mas'ullari hamda Şuhrat Abbosov va Ayub Şahobiddinov kabi özbekistonlik taniqli kinoijodkorlardan iborat Özbekiston delegatsiyasi AQŞda böladi.
«Özbek kinosi haftaligi»da namoyiş etiladigan barça filmlar ingliz tilidagi subtitrlar bilan özbek tilida tomoşabinlar e'tiboriga havola etiladi.
Namoyişlar jadvali bilan quyida tanişişingiz mumkin:
22 sentabr, 18:30* — «Toşkent – non şahri» (1968 y.)
23 sentabr, 18:30 — «Parizod» (2012 y.)
24 sentabr, 18:30 — «Dilxiroj» (2000 y.)
25 sentabr, 17:30 — «Osmondagi bolalar» (2002 y.)
28 sentabr, 18:30 — «Ota» (2014 y.)
* - namoyişlar Vaşington vaqti bilan körsatilgan.






