Google kompaniyasi 29 sentabrda San-Frantsiskoda bölib ötadigan matbuot-tadbiriga jurnalistlarga taklifnoma yuborişni boşladi. Kutilişiça, uşbu tadbirda Android operatsion tizimining yangi versiyasi Android 6.0 Marshmallow hamda Nexus va Chromecast seriyasidan örin olgan yangi smartfonlarning taqdimoti bölib ötadi.
Nexus seriyasidan örin olgan Huawei va LG kompaniyalarining yangi smartfonlari namoyiş qilinişi ehtimoli katta. Dastlabki ma'lumotlarga köra, Huawei 5,7 dyuymli disleyga ega Nexus 6P, LG esa 5,2 dyuymli disleyga ega Nexus 5X modellarini işlab çiqargan.
Yangi Chromecast asl striming-gadjyetga köra tezroq va kattaroq bölişi mumkin. U simsiz striming musiqaga möljallangan yana bitta kiçik qurilma Chromecast Audio bilan birga namoyiş qilinişi mumkin.






