Hindistonda mast holda yöldagi çönqir içida yotgan erkakning ustidan asfalt yotqizib yuborildi, deb xabar bermoqda The Times of India naşri. Voqea Madxya-Pradeş ştatida yuz berdi.

45 yoşli Latori Barman rafiqasi bilan bozorga borgan. Uning rafiqasi ota-onasining uyida qolmoqçi bölgan, Barman esa özining Kxadra nomli qişloğiga qaytib ketgan. Yölda u spirtli içimliklar sotadigan dökonga kirib, spirtli içimlik iste'mol qilgan. Sarxuş Barman ta'mirlaş işlari olib borilayotgan yöldan ötayotib çönqirga tuşib ketgan va u yerda uxlab qolgan. Yölda esa ta'mirlaş işlari ketayotgani haqida heç qanday belgilar ham bölmagan.

Ertalab işga qaytib kelgan işçilar Barmanni sezmay qolib, uning ustidan erib turgan qaynoq bitumni quyib, ta'mirlangan joyni samosval bilan tekislab yuborişgan. Mahalliy aholi asfaltdan çiqib turgan qölni körib, qiy-çuv kötargan.

Barmanning tanasi çiqarib olingandan keyin mahalliy aholi köçani tösib, aybdorlarni jazolaşni talab qilişdi. Norozi aholi politsiya köçani ta'mirlagan kompaniya vakillarini javobgarlikka tortişga va'da bergandan keyingina tarqagan.

Çönqirlarni töldirişga javob bergan samosval haydovçisi va işçi hibsga olindilar va ularga inson ölimiga olib kelgan mas'uliyatsizlik aybi qöyildi. Ta'mirlaş kompaniyasi rahbariyati Barmanning yaqinlariga tavon sifatida 50 ming rupiy (760 dollardan sal köproq) tölaşga va'da berdi.