Los-Anjyeles sudi Happy Birthday to You qöşiğiga nisbatan mualliflik huquqini bekor qiliş töğrisida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda The Los Angeles Times.
Mazkur qöşiqning mualliflik huquqi 1988 yildan buyon Uorner Çappellga tegişli deb hisoblab kelinar edi. U qöşiq matniga mualliflik huquqni 15 mln dollar evaziga Birch Tree Group kompaniyasini sotib olganidan söng ega bölgan edi. Biroq Clayton F. Summy Co kompaniyasi ham mazkur qöşiq mualliflik huquqi uçun da'vo qilib çiqdi.
Sudya Jorj X. King sözlariga köra, mualliflik huquqi muayyan musiqiy aranjirovkalar uçun joriy etilişi mumkin, biroq hamma qöşiqlarga ham emas. U musiqa matni haqiqatdan ham da'vogarlarga tegişli emasligini ma'lum qildi. Uning fikriça, 1935 yilda Clayton F. Summy Co kompaniyasiga musiqani faqatgina fortepianoda çaliş huquqi taqdim etilgan, musiqaning butunlay özi emas
E'tiborlisi, tuğilgan kunlarda qariyb butun dunyoda yangraydigan qöşiq va musiqadan rasman foydalaniş uçun Warner Music Group kompaniyasiga ma'lum miqdorda mablağ tölaş lozim. Şu paytdagaça da'vogar arizasiga köra ikki nafar rejissyor 1500 va 3000 dollarni musiqadan foydalangani uçun tölaşga majbur bölgan. Şuningdek, 1994 yilda rejissyor Stiv Jyeyms Uornerga “Xoop orzulari” hujjatli filmini suratga olişda uşbu qöşiqdan foydalangani uçun 5000 dollar tölagan.






