Maktab öquvçilarining bir xil kiyimda ta'lim olişi ularning özlaştiriş körsatkiçlariga ham ta'sir ötkazadi. Bu haqda “Oila davrasida” gazetasida çop etilgan maqolada aytildi.
Muallif maktab formasining bir xil namunada bölişiga qarşi, farzandiga özi xohlagan kiyimni olib berişga harakat qiladigan ayrim ota-onalarning e'tirozlari masalasiga töxtalgan. Maqolada Xalq ta'lim vazirligi hamda soha mutaxassislarining fikri aks etgan.
Aytilişiça, bir xil kiyim öquvçilarni har jihatdan tenglaştiradi, e'tiborni töliq ta'lim-tarbiyaga qaratadi. Bola ham öz navbatida maktabga bilim oliş uçun borişini tuşunib yetadi. Qolaversa, bu ta'lim muassasalaridagi ijodiy muhitni yanada yaxşilaşi iddao etildi.
Muallifning fikriça, dress-kodning joriy qilinişi bolalar örtasida kelib çiqadigan “ijtimoiy tengsizlikning oldini olişi” barobarida, maktab içki tartib-intizomini saqlaşga xizmat qiladi.
Xilma-xil kiyim esa, muallifning aytişiça, öquvçilar “psixologiyasiga salbiy ta'sir ötkazişi aniq”. Çunki qimmatroq kiyinib kelgan öquvçi sinfning “lideri” sifatida körilişi mumkin.
Maqolada bu boradagi jahon tajribasi haqida heç qanday ma'lumot keltirilmadi. Jumladan, nega aksariyat rivojlangan mamlakatlarda maktablar uçun yagona uniforma joriy etilmaganligi haqida savol oçiq qoldirildi.






