IŞID guruhi terrorçilari islomni buzib körsatib, öz mafkuralarini yolğon ustiga qurmoqda, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bu sözlarni Putin Moskva jome masjidining oçilişida qilgan çiqişida aytib ötdi.
“Siyosiy maqsadlarda diniy tuyğularni öyin qilişga yönaltirilgan ğarazli harakatlar amalga oşirilmoqda. Yaqin Şarqda nimalar bölayotganinin körib turibmiz, özini “Islom davlati” deb nomlab olgan terrorçilar guruhi, buyuk xalqaro dinning nomini bulğab, yovuzlik soçmoqdalar, odamlarni, şu jumladan, ruhoniylarni öldirmoqdalar, jahon madaniyati yodgorliklarini vahşiylarça yöq qilmoqda. Ularning mafkurasi yolğonga va islomni buzib körsatişga qurilgan”, - ta'kidladi Putin.






