Toşkent viloyati hokimiyati Özbekiston madaniyat va sport, moliya, adliya vazirliklari, “Özbekturizm”, Özbekiston Tabiatni muhofaza qiliş, “Davarxitektquriliş”, “Yergeodezkadastr” davlat qömitalari, tijorat banklari va bir qator boşqa taşkilotlar bilan hamkorlikda viloyat hududida joylaşgan 15ta sayyohlik obektida umumiy qiymati 3 million dollarni taşkil qiladigan rekonstruksiya işlarini olib bormoqda.
Sayyohlik infratuzilmasidagi mehmonxonalar va boşqa obektlarni quriş va rekonstruksiya qiliş işlari boşlab yuborildi. “Yangiobod” sayyohlik bazasi faoliyati yaxşilanmoqda. Parkent viloyatida “Sumça” dam oliş zonasining infratuzilmasi rekonstruksiyasi közda tutilgan, bu yerda faoliyat körsatayotgan 220 örinlik mehmonxona majmuasi qayta jihozlanmoqda. Qöşimça 50 kişilik korpus barpo etilmoqda.
Hokimiyat matbuot xizmatining ma'lumotlariga köra, Böstonliq tumanining Xöjakent va Yusufxona qişloqlarida zamonaviy mehmonxonalar qurib bitkazildi va foydalanişga topşirildi. “Oqtoş” sanatoriysi ta'mirlandi. Bu yerga taşrif buyuruvçi mehmonlar uçun hordiq çiqariş şaroitlari yaxşilandi, xizmat körsatiş turlari kengaytirildi.
Viloyatda agrosayyohlikni rivojlantiriş böyiça katta kölamli işlar olib borilmoqda. Böstonliq va Çinoz tumanida baliq mahsulotlari an'anaviy körgazmasi, “Çimyon-ekstrim” qişki öyinlari, “Çimyon sadosi” ekologik sayyohlik festivali ötkazilmoqda. Parkent tumanidagi uzum bayrami ham an'anaviy tus olmoqda.
ÖzA axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Oqqörğon tumanidagi Şoxruhiya, Honqa arxeologik yodgorliklari, Ohangarondagi Saur-tepa, Şodmalik-ota, Sardoba qaynar majmualari, Pskent tumanidagi Parpi-ota, Qirqqiz, Sormozor qadamjolari hududi obodonlaştirilmoqda.






