Britaniya boş vaziri Uinston Çerçillga tegişli bölgan çöntak soati 670 ming yevro (taxminan 746 ming dollar)ga sotildi, deya xabar bermoqda Business Standard. Savdolar Londondagi Sotheby's auksion uyida bölib ötdi.
Qayd etilişiça, soatning yakuniy narxi mutaxassislar taxmin qilganidan 8 barobar qimmatroqni taşkil etdi.
Şveytsariya fuqarosi tomonidan şunday soatlarning tört donasi ittifoqdoş davlatlar (Britaniya, Sobiq Ittifoq, Fransiya va AQŞ) yetakçilariga ularning Ikkinçi jahon uruşidagi faoliyati munosabati bilan sovğa qilingan edi. Bunday “ğalaba” soatlari Çerçilldan taşqari Stalin, Şarl de Goll va Harri Trumenda ham bölgan.







