Gavayilik baliqçi Brekston Roça uni oyoğidan tişlab olgan yölbars nahangni garpun bilan savaladi. Bu haqda AR agentligi xabar bermoqda.

27 yoşli yigitning sözlariga qaraganda, u qirğoq yaqinida bir suv osti ğorini közdan keçirayotganida yoniga ulkan nahang kelib qolganini körgan.

“Uning oğzi yuzim qarşisida oçiq turardi”, - eslaydi u.

U nahangni itarib yubormoqçi bölgan, lekin dengiz sutemizuvçisi kuçlilik qilib, baliqçining oyoğidan tişlab olgan.

“U mening oyoğimni tişlab olganida orqaga çekinib, burniga tuşirdim. U oyoğimni qöyib yuborib, suzib ketdi”, - deydi Roça.

Baliqçi döstini çaqirib, favqulodda xizmatlarga murojaat qilişning uddasidan çiqqan. Şundan söng voqea haqida videokamera qarşisida oyoğidagi tiş izlarini namoyiş qilgança gapirib berib, lavhani Instagramga joylaştirgan.