Bizda “Qurbon hayiti” yoki “Kiçik hayit” deb nomlanadigan kun diniy manbalarimizda “Iyd al-Azha” deb yuritiladi. “Iyd” sözi arab tilida “qayta-qayta takrorlaniş”, “foyda-manfaat” ma'nolarini bildiradi. Hayit kuni har yili takror, qayta-qayta kelgani va bu kunda Allohning ne'matlari bandalari uçun serob bölgani bois, uçun uni “iyd” deb ataşadi. “al-Azha” esa “qurbonlik qiliş”, degan ma'noni anglatadi.
Xalqimiz qadimdan, Islom dini bilan muşarraf bölgan kundan boşlab Qurbon hayitini tantanali ravişda bayram qilib nişonlab kelgan. Iyd namozini öqiş uçun butun şahar ahli bir namozgohga yiğilgan. Namozdan söng beva-beçoralar holidan xabar oliş, faqiru kambağallarga moddiy yordam körsatiş, bolalarga hayitlik sovğalari ulaşiş xalqimiz içida an'anaga aylangan.
Olimlar bu kunda quyidagi amallar eng çiroylilari, deb hisoblaşgan:
1. Iyd keçasini ibodat bilan ötkaziş
Iydga ötar keçaning ham öziga yaraşa fazilati bor. Uni butunlay yoki bir qismini, xususan, keçasining uçinçi qismini Qur'on tilovati, zikr, tasbeh va nafl namozlar bilan bedor ötkaziş köplab yaxşiliklarga, ulkan savoblarga sabab böladi.
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ikki iyd keçalarini Allohdan savob umidida qoim qilsa, qalblar öladigan kunda uning qalbi ölmas”, – dedilar”.
Ibn Moja va Tobaroniy rivoyat qilgan.
2. Ğusl qiliş
Islom poklik dini. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam özlarining bir hadislarida: “Poklik iymonning yarmidir”, deganlar. Mana şunday ibodatlar oldidan, köpçilik töplanadigan joylarga borişdan oldin ğusl qiliş dinimizda alohida ta'kidlangan. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinişiça, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fitr kuni ğusl qilar ekanlar.
3. Tişlarni tozalaş
Tişni toza tutişga Islom diniçalik e'tibor bergan birorta din yoki ta'limot yöq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar ummatimga maşaqqat bölişidan qörqmaganimda, ularni har namoz oldidan misvok qilişga buyurgan bölar edim”, deganlar. Şu bois har namoz oldidan misvok qiliş sunnat amal hisoblanadi. Hayit namozi uçun esa, bu narsa yanada muhimdir.
4. Bayram uçun yasaniş
Musulmon kişi hayitga eng yaxşi kiyimlarini kiyişi, iloji bölsa, yangisini sotib olişi mustahab. Bu ham bölsa, Alloh bayram qilib bergan kunni nişonlaş, uni qadrlaş ramzi hisoblanadi. Bu iş Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan meros bölib qolgan amaldir.
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki iydda hibara çopon kiyar edilar”. “Hibara” – Yamanning maşhur kiyimi.
Şu bois iyd uçun eng yaxşi kiyimlarni kiyiş musulmonlar içida keng tarqalgan. Sahobai kiromlar ham uşbu sunnatga doimo amal qilganlar. Xalqimiz qadimdan uşbu sunnatni gözal tarzda amalga oşirib kelgan. Hayit arafalarida kiyim-keçak bozorlarimizda savdo-sotiq qizğin avjiga çiqişi ham şundan. Bu işda Alloh taolo bergan ne'matlarga şukr qiliş bor.
5. Xuşböylik surtiş
Bu ham Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan. U zot alayhissalom asli xuşböy edilar. Şu bilan birga, doimo xuşböylik surtib yurar edilar va: “Menga dunyoyingizdan xöşböylik mahbub körsatildi”, deb qöyar edilar. Jamoatçilik joyga kirişda xuşböylik surtib oliş yuksak odob namularidan biri bölib, köplab noqulayliklarning oldini oladi.
6. Hayit namoziga çiqiş
Iyd namozi har bir baloğatga yetgan, soğ-salomat va öz yurtida muqim bölgan mömin-musulmon er kişiga vojibdir. U, hayit kungi eng asosiy, muhim amal hisoblanadi. Hayit kunining asosiy fazilati ham Iyd namozini öqiş bilan röyobga çiqadi.
7. Qurbonlik qiliş
Qurbon hayitining nomidan ham ma'lumki, bu bayramda asosiy amalga oşirilişi lozim bölgan iş Alloh yölida jonliq söyişdir. Qurbonlik qiliş öz yurtida muqim bölgan, ayni vaqtda zakot nisobidagi mulkka ega bölgan har bir mömin¬musulmon erkagu ayolga vojib hisoblanadi. Uning vaqti hayit namozi öqilgandan söng boşlanib, uçinçi hayit kuni quyoş botişidan oldin tugaydi.
8. Xonadonda bayram qiliş
Hayit kunlari oila içida ham bayram kayfiyatini tiklaş kerak. Uyga qilinadigan xarajatlarni odatdagidan yaxşiroq qiliş lozim. Iloji bölsa, ularga sovğa va maxsus hadyalar ulaşilsa, yanada a'lodir. Bunda hadyalarni qöni-qöşni va boşqa musulmonlarga ham berilsa, maqsadga muvofiq böladi.
Hayit munosabati bilan ustoz va olim kişilarni ziyorat qiliş ham juda katta savobli işlardan hisoblanadi. Şuningdek, bemor köriş, yöqsil, qambağallar holidan xabar oliş, ularning ham hayitni nişonlaşlariga kömaklaşiş ayni savob iş böladi. Hayit kunlari sila rahm qiliş, qarindoş-uruğ, quda-andalarni ziyorat qiliş har qaçongidan ham köra ta'kidlangan bölib, savobi köproq böladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kimni rizqini kengaytirilişi va ajalini ortga surilişi masrur qilsa, qarindoşlariga silai raqm qilsin”, – dedilar”.
Uçovlari rivoyat qilişgan.
Şuningdek, uzoqlaşib ketgan qarindoşlar bilan, ayrim arazlaşgan döst-yaqinlar bilan hayit bahonasida aloqalarni tiklaş, yaraşib oliş lozim.
10. Bolajonlarga hayitlik beriş
Bolalarga munosib hadya va sovğalar ulaşilsa, ayni maqsadga muvofiq böladi. Farzandlar yil davomida hayitni eslab yursin, uni orziqib kutsin, uning buyukligini his qila bilsin, ana şunda yaxşi böladi. Bu kabi işlar bolalar ongida milliy-diniy qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom tuyğusining şakllanişiga, ularning Vatan va millatga haqiqiy sadoqatli insonlar bölib tarbiya topişida muhim ahamiyat kasb etadi. Ulamolar quyidagi amallarni hayit kuni qilib bölmaydi, deb hisoblaşgan:
1. Röza tutiş Hayit kuni bayram bölgani, hamma musulmonlar turli uslub va amallar bilan bu kunni nişonlaşi e'tiboridan, bu kunda röza tutişdan qaytarilgan. Qurbon hayiti kuni va undan keyingi uç kunda röza tutiş makruh hisoblanadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar.
Abu Sa'iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Albatta, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki kunning – Fitr kuni va Nahr kuni rözasidan qaytardilar”. Muslim rivoyat qilgan.
2. Gunoh iş qiliş Hayit kuni qilingan yaxşi amallarning savobi köp bölgani kabi, bu kunda qilingan gunohlarning javobi ham qattiq böladi. Şu bois hayit ekan deb, bölar-bölmas işlarni qilib, şunday uluğ kunda gunohga ötib ketmaslik kerak. Hazrati Ali roziyallohu anhu: “Alloh taologa osiylik qilmagan har bir kunimiz biz uçun hayitdir”, degan ekanlar.
4. Hayit kunlari ayollarning qabristonlarga borişi Dinimizda aynan hayit kuni qabristonga boriş haqida körsatmalar yöq. Qabr ziyoratiga Islom nuqtai nazaridan qaraladigan bölsa, avvalo, qabrni ibrat uçun, oxiratni eslaş maqsadida ziyorat qilinişi lozimligi ta'kidlanadi. Şu bois dinimizda qabrlarni ziyorat qiliş ma'lum kun yo soatga belgilangan emas. Balki tez-tez, xususan, qalb ğaflati ortganini sezgan çoğda qabristonlarni ziyorat qiliş tavsiya etiladi.
5. Hayit kunlarini azaga aylantirib oliş Ikki iyd kunlari mömin-musulmonlarning eng uluğ bayramlari hisoblanadi. Diniy manba'larimizda bu kunlarni xursandçilik, şodlik ruhida, bayram kayfiyatida ötkazilişi kerakligi ta'kidlangan. Ammo hayit kunlari fotihaxonlik qiliş haqida körsatmalar yöq. Bugungi kunda bu odat azadorlarga ham köplab qiynçiliklar tuğdirayotgani heç kimga sir emas. Ba'zan bu narsa azadorlarning yarasini yangilaş, maşaqqatlari ustiga yana maşaqqat tuğdiradi. Şuning uçun ham ulamolarimiz uç kundan keyin ta'ziya bildiriş uzoqdagi kişilar uçun, boşqalarning mazkur muddatdan keyin ta'ziya bildirişi musiybatni yangilaş böladi, bu esa musiybat ahliga oğir keladi, közlangan maqsadga zid iş böladi, deb aytganlar.
Qurbon hayiti bayramini mazkur odoblarga rioya qilgan holda ötkazsak, uşbu uluğ kunni munosib nişonlagan bölamiz, köplab yaxşiliklarga, ajru savoblarga ega bölamiz, xalqimiz orasida ezgulik, mehr-oqibat bardavom bölişiga hissa qöşgan bölamiz, eng muhimi, uşbu kunlarni bizga bayram qilib bergan Robbimizning roziligiga muşarraf bölamiz. Mana şu haqiqatni ututmasligimiz lozim.
XABARDOR.UZ / Internet materiallari asosida Sarvar Anvar öğli tayyorladi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi