25 sentabrda BMTda global rivojlaniş böyiça sammit oçiladi. Uç kun davomida 150 dan ortiq davlat yetakçilari va 30 dan ortiq vazirlari “Barqaror rivojlaniş maqsadlari” hujjatini qabul qilişlari kerak böladi. Bu hujjat keyingi 15 yil uçun global faoliyat yönalişini belgilab beradi.
2030 yilgaça bölgan kun tartibidagi vazifalarni kelişiş böyiça muzokaralar qariyb 3 yil davom etdi. Avgust boşida 2015 yildan keyingi global rivojlaniş vazifalari yakuniy loyihasi BMTga a'zo davlatlar tomonidan ma'qullandi va 1 sentabrda BMT Boş assambleyasi tomonidan qabul qilindi. Hujjatda keyingi 15 yil içida amalga oşirilişi kerak bölgan 17 ta vazifa belgilab olindi. Bunda oçarçilik va noçorlikka barham beriş asosiy vazifalar sifatida qaralmoqda.
Qolgan vazifalar orasida soğlom turmuş tarzi, hammabop va sifatli ta'limni ta'minlaş; jinslararo tenghuquqlik; suv ta'minoti va kanalizatsiya bilan boğliq vaziyatning yaxşilanişi; işonçli va zamonaviy energiya manbalarini taqdim qiliş; barqaror iqtisodiy ösişga kömaklaşiş va munosib iş bilan ta'minlaş; mustahkam infratuzilma quriş; mamlakatlararo va mamlakatlar içidagi tengsizlik darajasini kamaytiriş; aholi punktlari xavfsizligini ta'minlaş;
iste'mol va işlab çiqarişning oqilona modellarini tuziş; iqlim özgarişiga qarşi kuraş böyiça şoşilinç çoralarni qabul qiliş; dengiz zaxiralaridan oqilona foydalaniş va ularni saqlaş; quruqlik ekotizimlarini tiklaş; tinçliksevar va oçiq jamiyatlarning faoliyat yuritişiga kömaklaşiş; barqaror rivojlanişga erişiş uçun vositalarni mustahkamlaş kabilar bor.






