Apple kompaniyasi 25 sentabr kuni özining yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlarini dunyoning 10ta davlatida sotişni boşladi. Avstraliya, Britaniya, Germaniya, Gonkong, Kanada, Xitoy, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko, Singapur, Fransiya, Yaponiya va AQŞ fuqarolari birinçilardan bölib qurilmalarni sotib oliş imkonini qölga kiritişdi.
RIA “Novosti”ning xabar qilişiça, Yaponiya poytaxti Tokio şahridagi Apple Store tirbandliklar kuzatilmayapti. “Bu safar yangi modellarga oldindan buyurtma beriş mumkin. Şu sababli bu yerda unçalik köp odam yiğilmadi”, - dedi savdo nuqtasi xodimi.
Eslatib ötamiz, Apple boş direktori Tim Kuk 8 sentabrda yangi iPhone 6s va 6s Plus smartfonlarini namoyiş qilgan edi.
Şartnoma bilan xarid qilinganida, ular narxi iPhone 6s uçun 199 dollar, iPhone 6s Plus 299 dollarni taşkil etadi. Buyurtmalarga esa 12 sentabrdan ruxsat berilgan.






