Avstraliyalik hamşira Bronni Ueyr uzoq yillar davomida hayotining oxirgi 12 haftasini keçirayotgan umidsiz bemorlarga qaragan. U bemorlarning ötgan umri davomida nimalardan afsus çekişganini yozib borgan va Inspiration and Chai blogida çop etgan.
Özgalarning xatosidan xulosa çiqariş ularning xatosini takrorlamaslik deganidir. Quyida keltirilayotgan xatolarni takrorlamaslik hammaning qölidan keladi, deb öylaymiz.

1. Boşqalar xohlaganidek emas, özim xohlagandek umr keçirgan bölardim
Siz qanday yaşaşni özingiz tanlaysizmi yoki boşqalar qanday yaşaşingizni körsatib berişadimi? Aksariyat kişilar boşqalarning köngliga qarab hayot keçirişadi. Barça jabhalarda yaqinlari yoki omma ma'qullagan narsani tanlaşadi.
Hattoki öz hayotiga taalluqli masalalarda ham boşqalar bu haqda nima deb öylaşlariga qarab qaror qabul qilişadi.
Oqibatda ular hamma kutganidek yaşaşadi. Hayotining aksariyat qismi özi istagandek emas, boşqalar istagandek ötadi.
Nima qiliş kerak?
Özingizga işoning. Agar özingiz istagandek yaşamoqçi bölsangiz, özgalarning tanqidiga uçraysiz. Ularning tanqid va maslahatlariga xotirjam quloq soling, mabodo ularning fikri siznikiga mos tuşmasa e'tibor qaratib ötirmang.
Ularning öz fikrlarini aytiş huquqi bölganidek, sizning ham ularning fikrini e'tiborga olmaslikka haqqingiz bor.
Siz boşqalar uçun emas, özingiz uçun yaşayapsiz.

2. Bunçalik köp işlamagan bölardim
Hozir odamlar ilgarigi kişilardan ham köproq mehnat qilişmoqda.
Ota-onalar farzandlarini bobo-buvilarga yoki enagalarga topşirib işlaşmoqda. Odamlarning özaro munosabatlar va boşqa şaxsiy işlarga vaqtlari yöq, iş doim birinçi örinda.
Töğri, işlamasak tişlamaymiz, lekin ayrimlar uçun iş barça narsadan ustivor öringa çiqib qolgan.









