25 sentabrda Singapur hukumati havoning rekord darajadagi ifloslanganligi sababli mahalliy maktablarni yopib qöydi. Ifloslanganlik darajasi maksimal qiymatdagi çegaradan – 320 birlikdan oşib, mutaxassislar tomonidan “xavfli” deb baholandi.  

Keksa va kam ta'minlangan odamlarga himoyalovçi niqoblar tarqatildi. Korxonalar işlaşda davom etaverdilar, biroq ularga işçilar uçun qulayroq şaroitlarni yaratiş va dam olişga ajratilgan vaqtni oşiriş tavsiya qilindi. Şuningdek, singapurliklarga iloji boriça köçaga çiqmaslik tavsiya qilindi.

Singapurning quyuq tutun içida qolişiga Indoneziyadagi yonğinlar sabab böldi. Bundan bir neça hafta oldin Indoneziyada qişloq xöjaligi maqsadlarida yonğin uyuştirganlikka aloqador bölgan bir neça kompaniyalar rahbarlari hibsga olingandi.

Yonğinlarning asosiy öçoqlari Kalimantan va Sumatra orollarida joylaşgan. 23 sentabrda Palangkaraya şahrida havoning ifloslanganligi deyarli 2 ming birlikka yetdi, vaholanki 150 birlikning öziyoq hayot uçun xavfli hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, kuçli qurğoqçilik sababli tutunlanganlik noyabr oxirigaça davom etadi.

Bu orada Singapur aholisi quyuq tutun içida qolgan şahar manzaralari va niqob taqib olgan holda tuşgan selfilarini çop etmoqdalar.