Qozoğistonning janubiy poytaxtida maşinalar qimmatlaşdi. Avtosalonlardagi narxlar bir yöla 20 foizga oşib ketdi. Yil oxirigaça, dilerlarning başoratlariga köra, narx oşişi 50 foizni taşkil qilişi mumkin.
Bunga birinçi galda dollar kursining keskin oşib ketgani sabab bölgani aytilmoqda.
Aytilişiga, ham yangi, ham ilgariroq olib kirilgan maşinalarning narxlari birday 15-20 foizga oşgan. Dilerlik taşkilotlarining ma'lum qilişiça, aksariyat vositaçilar eski maşinalarning ham pullarini tölab ulgurmagan edi, şu bois ularning ham narxini kötarişga töğri kelgan.
Aytilişiça, bir neça hafta ilgari Koreyadan keltirilgan maşina narxi örtaça 2.8 mln tanga bölsa, hozirlikda bu narx 4 mln tangagaça kötarilgan.
Ayrim salonlarda savdo hajmi 30 foizgaça tuşib ketgan.
Boşqa mutaxassislarning ta'kidlaşiça esa, aksinça, odamlar tezroq maşina sotib olişga intilmoqda, negaki tez orada maşina narxlari yanada kötarilişi kutilmoqda.






