Aloqa operatori Beeline Ispaniyada rouming geografiyasi kengaygani haqida xabar beradi. ESPAT kompaniyasi bilan tuzilgan şartnoma natijasida Beeline abonentlari CAMEL-rouming xizmatlaridan foydalanişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya'ni abonent balansi $0 ga teng bölguniga qadar $50 kafolatli badalsiz Beeline aloqasidan foydalaniş imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablağ real vaqt rejimida yeçib olinadi. CAMEL-rouming aktivlaştirişni talab qilmaydi, çunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan tölov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvçi abonentlar - jismoniy şaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bölganida foydalanişlari mumkin.






