BMT Boş Assambleyasining 70-sammitidagi çiqişida Rossiya prezidenti Vladimir Putin zamonaviy dunyo oldida turgan asosiy masalalarni tezisli tarzda ifodalab berdi.
1. Rossiya yetakçisi NATOning Şarqqa tomon kengayib borayotganini ta'kidladi, şuningdek, Ğarb davlatlari sobiq Ittifoq davlatlari oldiga tanlaş şartini qöyib, ularni öz-özini anglaş huquqidan mahrum qilayotganini ta'kidladi. Bunga misol tariqasida u Ukrainani keltirdi.
“Tahdid va qurol kuçi bilan Ukrainada tinçlikni örnatib bölmaydi. Buni esa bajariş şart. Donbassda insonlar manfaatini hisobga oliş, ularning tanloviga hurmat bilan qaraş, Minsk kelişuvlariga binoan ular bilan davlat tizimi borasida hisoblaşiş zarur”, - ta'kidladi Putin.
2. Vladimir Putin IŞIDga qarşi kuraşda kuçlarni birlaştiriş zarurligini yanabir bor ta'kidlab ötdi.
“Biz ambitsiyalarga emas, umumiy qadriyatlar va umumiy manfaatlarga tayanişni taklif qilamiz. Xalqaro huquq asosida oldimizda turgan masalalarni hal qiliş hamda xalqaro aksilterror koalitsiyasini tuzişni muhim deb hisoblaymiz”, - dedi u.
3. Xalqaro savdoda muvozanatni saqlab qoliş uçun Xalqaro savdo taşkiloti prinsiplariga qat'iy tayaniş Putinning navbatdagi talablaridan biri böldi.
“Bugun BMT ustavini bir tomonlama çetlaş deyarl me'yorga aylanib ulgurdi. Ular nafaqat siyosiy maqsadlarga xizmat qiladi, balki raqobatçilarni bozordan siqib çiqarişga ham sabab böladi. Xalqaro iqtisodiy xudbinlikning yana bir simptomini qayd qilaman. Bir qator davlatlar yopiq, eksklyuziv iqtisodiy taşkilotlar tuziş yölidan bormoqda, bu boradagi muzokaralar öz fuqarolaridan yaşirin holda, öz işbilarmon doiralari va jamoatçiligidan, boşqa davlatlardan yaşirin holda olib borilmoqda”, - qayd qildi Rossiya yetakçisi.
4. Putin IŞID “yöq joydan” paydo bölmaganini ta'kidladi. U terrorçilar bilan “öyin öynaş” yaxşilikka olib kelmasligidan ogohlantirdi:
“Terrorçilar bilan öyin öynaş, ularni qurollantiriş nafaqat uzoqni közlab qilinmagan iş hisoblanadi, balki u ulkan xalqaro yonğin keltirib çiqarişi mumkin. Buning oqibatida global terrorçilik tahdidi ösib, yangi mintaqalarni qamrab olişi mumkin, jumladan, IŞID bazalarida turli davlatlar fuqarolari tayyorgarlik ötamoqda”.
5. Putin, şuningdek, BMTning boşqa davlatlar bilan aloqalar haqida gapirdi.
“Albatta, dunyo özgarmoqda, BMT bu tabiiy transformatsiyaga moslaşib borişi zarur. Rossiya keng murosa asosida BMT va barça hamkorlar bilan bu işni amalga oşirişda iştirok etişga tayyor. BMT obröini tuşirişga bölgan urinişlarni juda xavfli deb hisoblaymiz. Bu butun xalqaro munosabatlar arxitekturasi buzilişiga olib kelişi mumkin”, - dedi u.