Amerikalik tadqiqotçi olimlar Mars sayyorasida suyuq holatdagi suv borligini aniqlaşdi. Bu haqida NASA olimlari 28 sentabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilişdi.

Nature Geoscience jurnalida naşr qilingan maqolada aytilişiça, olimlar Mars sayyorasining yuza qismi olingan suratlarni örganiş vaqtida u yerdagi kraterlarda harakatlanayotgan suv oqimiga duç kelişgan.

Tadqiqotlar şuni körsatdiki, uşbu oqimlar yoz faslida yanada kengayib, qiş vaqtida qisqaradi. Suratlar Mars Reconnaissance Orbiter sayyoralararo stansiyasi yordamida olingan. Uşbu stansiyada Compact Reconnaissance Imaging Spectrometer for Mars (CRISM) qurilmasi va High Resolution Imaging Science Experiment (HiRISE) kamerasi örnatilgan.

Bundan taşqari, olimlar Marsdagi suv tarkibida tuz elementlari borligini ham aniqlaşgan.

Şunday bölsa-da, olimlar Marsda suv qayerdan paydo bölişi borasida aniq gap ayta olişmagan.

Taxmin qilinişiça, bu suv Mars qa'ridagi muzliklardan paydo böladi yoki atmosferada hosil böladi.

Qayd etiş kerakki, uşbu sayyorada obi hayotning borligi haqida sönggi yillarda juda köp marta fikrlar, ma'lumotlar berib kelinadi.

Biroz oldinroq, Marsda yaşab qoliş loyihasiga start berilgani haqida xabar qilingandi.