AQŞ prezidenti Barak Obama özining BMT Boş Assambleyasida qilgan çiqişida ezgulikka bir qança misollar keltirib ötdi.

"Ezgulik bu - liberiyalik şifokor, qaysiki, u sizni davolaydi (Ebola virusi nazarda tutilmoqda - kun.uz izohi). Ezgulik bu - eronlik savdogar, u sizni yadroviy dastur böyiça kelişuv imzolab, sizni xursand qiladi. Ezgulik bu - zamonaviy amerikalik, u Gavanadagi elçixonada bayroq kötaradi va Kubaga qaytadi", deydi Obama.

U ezgulik timsolini suriyalik muhojirlarning yuzida ham köradi.

"Suriyalik muhojir Gamburgga keladi va öziga yordam beradigan kişilar borligiga işonadi", deydi prezident.

"Biz BMTga asos bölgan ğoyalarga sodiqlik bildirişimiz kerak va bu işonç yöli mening, sizning, barçaning bolalari yaşaydigan farovon kelajak sari olib boradi", deydi u.