Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Boş Assambleyasi sammitidagi çiqişida Ğarb davlatlarining Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikada AQŞ bilan hamkorlikdagi harakatlari anarxiya va uruşni keltirib çiqardi.
Ularning muxolifatni qöllab-quvvatlaşi Iroq, Suriya, Liviyada davlat institutlarining vayron bölişiga olib keldi, deb ta'kidladi Putin.
Turli guruhlarning özaro kuraşi natijasida insonlarning tinçligini ta'minlaş tugul, yaşaş huquqi buzilmoqda.
“Bu mintaqada siyosiy va ijtimoiy muammolar köpdan buyon bor edi, odamlar, şubhasiz, özgarişlarni xohlar edi. Amalda nima böldi? Taşqi kuçlarning aralaşuvi natijasida islohotlarning örniga davlat institutlarining, butun turmuş tarzining vayron etilişi omili böldi. Demokratiya va taraqqiyot qaror topişi örniga ular zöravonlik, qaşşoqlik, ijtimoiy fojiaga ega böldi, inson huquqlari esa yöqqa çiqdi. Bunday vaziyatni yaratganlardan söragim keladi: Endi nimalar qilib qöyganingizni tuşundingizmi?”, - dedi Putin minbardan turib.
Putin: Ğarb nimalar qilib qöyganini endi tuşundimi?
17:01 / 29.09.201518 7841 min






