Braziliyalik sobiq futbolçi Ronaldo Xitoyda 30ta futbol maktabi oçişni rejalaştirmoqda. Bu haqda uning özi Sinxua naşriga bergan intervyusida aytib ötgan.
"Bu yerda futbol u qadar rivojlanmagan bölsada, ammo ulkan imkoniyatlar bor. Xitoyda futbol maktabi oçişimdan maqsad şuki - bu yerda futbolçilar va muxlislarni yanada köpaytirmoqçiman.
Xitoyda futbol juda keng tarqalgan, ammo hozirga qadar uni rivojlantiriş böyiça birorta aniq reja amalga oşirilmagan", - deydi Ronaldo.
U yoş futbolçilarni tarbiyalaş orqali soha rivojiga hamda kerakli natijalarga erişişga umid bildirgan.
"Öylaymanki, Xitoy hukumati bu işda meni qöllab-quvvatlaydi", deydi u.
Qayd etiş kerakki, futbol hozirgi kunda xitoylik tadbirkorlar tomonidan jiddiy e'tibor qaratilayotgan sohaga aylanib bormoqda. Statistik ma'lumotlarga köra, 2014-15 yillar mavsumida içki çempionatdagi jamoalar futbolçilarning transferlari uçun 121,5 mln dollar sarflagan. Bu körsatkiç böyiça Xitoy Superligasi faqatgina APLdan ortda qolgan.
2016-2020 yillar mobaynida ötkaziladigan 5 mavsumdagi Superliga öyinlari translyatsiyasi huquqi 8 mlrd yuan (1,26 mlrd dollar) evaziga sotilgan.
Sohaga qaratilayotgan e'tibor ulkan kölamda bölsada, xalqaro maydonlarda natijalarga erişilmagan. Xitoy milliy terma jamoasi faqatgina bir marta, 2002 yilda JÇ iştirokçisi bölgan.






