AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi Xitoydagi elçixonasining ayrim xodimlarini çaqirib oldi, negaki xakerlik hujumlaridan söng öğirlangan ma'lumot bazalari ularni foş bölişga yaqin qilib qöydi. Bu haqda The Washington Post naşri xabar bermoqda.
Qaror AQŞ ma'muriyati boşqarmalariga uyuştirilgan xakerlik hujumlaridan söng qabul qilindi. Uşbu hujumlarni Xitoy uyuştirilgani köp bora ta'kidlandi, ammo isbotlar keltirilmadi.
Öğirlangan ma'lumotlar AQŞ davlat departamenti xodimlarining tarjimai hollarini öz içiga oladi. Amerikalik razvedkaçilar XXR bu röyxatni elçixona xodimlari röyxati bilan qiyoslab körişidan hadiksiramoqda.






