Iroq boş vaziri Haydar al-Abadiy Rossiyaning IŞID jangarilariga qarşi harbiy harakatlar boşlaganini xursandçilik bilan kutib oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
"Bu juda foydali böladi. Unutmaslik kerakki, Iroq ham IŞIDni özining asosiy duşmani sifatida biladi", deydi al-Abadiy.
Boş vazir jangarilar tomonidan mavjud tahdid saqlanib qolayotgani, şu vaqtgaça ular minglab iroqliklarni öldirgani, köplab bolalar va ayollarni asirlikka olgani haqida eslatib ötdi.
"Men Putin bilan uçraşganimda Rossiyaning IŞIDga qarşi kuraşga qöşilişini söragandim. Bu taşkilot nafaqat Suriya va Iroq uçun, balki butun dunyo uçun xavf tuğdiradi", deydi u.
Bundan oldinroq, Rossiya TIV agar Iroq öz hududidagi jangarilarga qarşi yordam sörasa, Rossiya tomoni bu masalani körib çiqişi haqida ma'lum qilgandi.






