Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov RBK naşriga bergan intervyusida xalqaro neft bozoridagi vaziyatga öz munosabatini bildirib ötdi.

“Biz 2016 yilgi byudjyetga asos qilib oladigan başorat iqtisodiy ösiş sur'atlarining yaqin istiqbolda ortga qaytişini közda tutadi, - dedi u. – Keyingi yilda ösiş 0.5 foizni, 2017 yilda esa 1.5 foizni taşkil qilişini kutmoqdamiz”.

Şuningdek, vazir neft narxining tuşişi Rossiya iqtisodiyoti çalingan xastalikni davolaşini ta'kidlab ötdi: “Qimmat neft şaroitida defitsitlarni qöllab-quvvatlaş rublning mustahkamlanişi va pulning qimmatlaşişi demakdir, bu ikki narsa esa yangi iqtisodiy model doirasida ösişga xizmat qilmaydi.

Aytiş mumkinki, neft narxining tuşişi aççiq dori bölsa ham, Rossiya iqtisodiyoti oxirgi yillarda çalingan “gollandça xastalik”ni davolaydi”.