Madridning “Real” hujumçisi Kriştianu Ronaldu oxirgi vaqtlar matbuot bilan aloqa qilişdan qoçib yurgani uçun jurnalistlardan uz söradi. Bu haqda Mirror naşri ma'lum qildi.
“Men mutahhamman. Biroq endi boşqaça böla olmayman”, deb tan oldi KriRo “Santyago-Bernabeu” stadionida öziga atalgan “Real” tarixidagi eng yaxşi töpurar mukofotining topşirilişi marosimida.
Futbolçi şu munosabat bilan aytgan nutqida “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres hamda barça murabbiylar va jamoadoşlari qöllab-quvvatlaşgani uçun ularga minnadorçilik bildirdi.
Çempionlar Ligasida “Real”ning 30 sentabrda Şvetsiyaning “Malmyo” klubi ustidan 2:0 hisobidagi ğalabasigaça portugaliyalik futbolçi yarim yil mobaynida matbuot vakillari bilan suhbatlaşişdan özini olib qoçib yurgan. Ronaldu OAV vakillari bilan aloqani 2015 yil martida unga “Atletiko” bilan uçraşuvdagi mağlubiyatdan keyinoq öz tuğilgan kunini nişonlaşga qaror qilgani uçun bildirilgan tanqiddan keyin töxtatib qöygan edi.
30 yoşlik futbolçi “Real” tarkibida 324 ta gol urdi va klub afsonalaridan biri Raulni ortda qoldirib, klub tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi.






