2 oktabr, juma kuni Fransiya prezidenti Fransua Olland “Normand törtligi” doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Suriya masalasida gaplaşib oldi. Bu haqda Olland atrofidagi manbalarga tayanib, Reuters va dpa xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilişiça, Putin va Olland Fransiya tomonidan ilgari surilgan Suriya masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilişning uç şarti böyiça suhbatlaşişgan.
Rasmiy Parijning istagi böyiça, zarbalar faqatgina IŞID va “Al Qoida” guruhlariga qaratilişi kerak. Boşqa guruhlarga zarba berilmaydi, tinç aholi xavfsizligi ta'minlanadi va Başar Asadni hokimiyat tepasidan ketkazişni ötiş jarayoni boşlanadi.
Uçraşuv Putin va Germaniya kansleri va Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko uçraşuvlaridan söng bölib ötdi va bir soat davom etdi.






