Butun dunyo böyiça sotuvga çiqarilganiga sal kam bir hafta tölgaç, Özbekistonda ham Apple iPhone 6S smartfonlari sotila boşlandi. Yangi apparat dizayni ötgan yilgi iPhone 6dan deyarli farq qilmaydi, faqat rang-tusi biroz farqlanadi (Rose gold rangi yangilik böldi).
Eslatib ötamiz, 6S seriyasida Apple A9 protsessorini qöllar edi. Işlab çiqaruvçining ma'lumotlariga qaraganda, u birinçi iPhone’ning protsessoriga nisbatan 70 foizga samaradorroqdir.
iPhone 6S’ning yana bir öziga xos jihati kamera böldi; uning yeçimi 12 megapikselgaça kötarildi. Kamera 4K yeçimidagi videoni suratga oliş imkonini beradi. Frontal kamera 5 megapiksel va sensorga ega.
Apple iPhone 6S apparatiga 3D Touch texnologiyasini kiritdi. U bosiş kuçini farqlab, şunga yaraşa buyruqlarni bajarişga möljallangan. Yangilik iOS 9 operativ dasturida işlaydi.
iPhone 6S smartfonining 16 Gb xotirali qora rangli versiyasi Toşkentdagi “Malika” bozorida 4.1-4.2 mln sömni taşkil qilmoqda. 64 va 128 Gb xotirali versiyalar hozirça sotuvga çiqarilgani yöq. Bundan taşqari, iPhone 6S Plus modeli ham sotuvga çiqarilmadi.






