5 oktabr kuni AQŞning Janubiy Karolina ştatida maktablar va yirik avtomobil yöllari yopildi. Bunga Atlantikada paydo bölgan “Xoakin” töyfoni keltirib çiqargan tinimsiz yomğirlar natijasida vujudga kelgan yirik suv toşqinlari sabab böldi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, ştatdagi tumanlardan birida yoğingarçilik miqdori bir sutkada 450 millimetrni taşkil etgan.

Ştat gubernatori Nikki Xeyli jurnalistlar oldida sözga çiqib, bunday suv toşqinlari mintaqada ming yilda bir bölişini aytib, aholini öz uylaridan zaruratsiz çiqmaslikka çaqirdi. Ayni paytda tabiiy ofat natijasida halok bölganlar soni olti nafarga yetgan. Ularning beş nafari ştatning suv bilan tölgan yöllarida sodir bölgan avariyalar natijasida hayotdan köz yumişdi.

Yuz nafardan ziyod kişi Janubiy Karolina yöllarida qolib ketgan avtomobillar içidan evakuatsiya qilindi. Hududdagi ming nafardan ziyod aholi esa elektr ta'minotisiz qolgan. Çarlstonning tarixiy qismida köçalar suv ostida qolgan bölib, ayrim binolar qum töldirilgan qoplar yordamida tabiiy ofatdan himoya qilinmoqda.
3 oktabr kuni AQŞ prezidenti Barak Obama ştat hududida favqulodda holat e'lon qilib, Janubiy Karolina ştati rahbariyatiga tabiiy ofatga qarşi kuraş uçun federal yordam oliş imkonini tuğdirdi.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda professional jurnalistlar va suv ostida qolgan mintaqa aholisi tomonidan olingan yuzlab fotosuratlar va videoroliklar e'lon qilinmoqda.














