AQŞning Çikago şahrida istiqomat qiluvçi özbek diasporasida öziga xos an'ana şakllanib qoldi. Aytilişiça, u musulmon an'analari bilan bir qatorda özbek özligini saqlab qolişga ham ma'lum yordam beradi.

Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha hayitlarida, şuningdek, Navröz bayrami arafasida Çikagoga Hoji Bobo kelib, bolalarga sovğalar ulaşadi.
Kontseptual jihatdan bu Qor Boboga öxşaş obrazdir. Lekin u, Qor Bobodan farqli ölaroq, yiliga 3 marotaba, şimoldan emas, janubdan – Arabiston yarim orolidan keladi, sovğalar beradi hamda bolalarning öz tili va madaniyatini unutmasligi uçun ma'lum topşiriqlar beradi.

Hoji Bobo bolajonlarga beradigan savollarning ayrimlari quyidagilardir:
Özbekiston prezidentining ismi nima?
Özbekistonda neçta viloyat bor?
Alişer Navoiy kim?
Payğambarimiz kim?
Islomning asosiy kitobi qaysi?
Uşbu an'ana çikagolik özbeklar hayotiga şu qadar örnaşib qolganki, bolalar har yili tilga olingan bayramlarda Hoji Boboni intiq bölib kutişadi.