Italiyalik futbol mutaxassisi Fabio Kapello Londonning "Çelsi" klubi boş murabbiyi Joze Mourino haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Mourino - strategiyani yaxşi biladigan murabbiy. U hozir qiyin vaziyatni boşidan keçirmoqda. U klubdan öziga işoniş-işonmasliklarini söraşgaça borib yetdi. Klub esa uni qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi.
Joze - ajoyib murabbiy, ammo u bir yarim yilda futbolçilarini ruhan azoblaydi. Natijada öyinçilar heç narsa qila olişmaydi va safdan çiqişadi. Uning körsatmalarni bajara olişmaydi.
Odatda Mourino taxminan bir yarim yil davomida yaxşi natijalar körsatadi. Uning "yaroqlilik muddati 1,5 yilni taşkil qiladi", - deydi u.
"Çelsi"ga hozirda barqarorlik, öyin tempi va tajovvuzkorlik yetişmayapti. Ivanoviç avvalgidek öynay olmayapti. Kurtuaning örni bilinib qolmoqda", deydi Kapello Paolo Di Kanio muallifligidagi House of Football körsatuvi (Fox Sports) kanali orqali.






