Amerikalik maşhur aktrisa Meril Strip “Sufrajist” filmiga bağişlangan fotosessiyada olingan suratlari uçun qattiq tanqidga uçradi. Film 12 oktabr kuni Byuuk Britaniyada namoyiş etiladi.
Time Out jurnalida çop etilgan suratlardan birida Strip “Men qul bölgandan köra isyonçi bölaman” degan yozuv tuşirilgan futbolka kiyib tuşgan. Bu yozuv uçun ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa irqçilikda ayblana boşlandi.
Gap şundaki, AQŞda bu sözlar qora tanlilarning qul qilinişi bilan boğliq ötmiş xotiralarini eslatadi.






