Bugungi kunda kaktus turlarining qariyb uçdan bir qismi yöqolib ketiş arafasida. Tikanakli ösimliklar sayyoradagi eng nozik ösimliklar röyxatidan örin egalladi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi 6 oktabr kuni.
“Biz kaktus turlarining katta qismi turli xil tahdidlar tufayli butkul yöqolib ketiş arafasida ekanini aniqlab, hayratga tuşdik”, - deydi tadqiqot guruhi rahbari Barbara Gotç.
Olimlar fanga ma'lum bölgan 1478ta kaktus turining 31 foizi yöqoliş çegarasida, degan xulosaga kelişdi. Mazkur ösimliklarning sayyoramiz sathidan ğoyib böliş su'atlari sutemizuvçilar va quşlarga qaraganda tezroq keçmoqda.
Tikanaklar uçun eng xavfli omil sifatida insonlar faoliyati tilga olindi. Masalan, yöqolib ketiş arafasida turgan noyob ösimliklar savdosi bilan noqonuniy şuğullaniş, kaktuslar ösadigan hududlarda jonivorlarning boqilişi ularga katta tahdid tuğdirmoqda.
Bir santimetrdan 19 metrgaça bölgan kaktuslar kolleksionerlar örtasida qadrlanadi: ösimliklar turli rang va kutilmas qiyofadagi gullari bilan kişilarni hayratga soladi. Yöqolib ketiş xavfi ostida turgan kaktuslar asosan Şimoliy va Janubiy Amerikadagi Çili, Urugvay, Meksika va Qöşma Ştatlar hududlarida ösadi.






