Bugun, 6 oktabr kuni Qatar poytaxti Doha şahrida boks böyiça kattalar örtasidagi jahon çempionati boşlanadi. Öz tarixida 18-marotaba taşkil etilayotgan dunyo birinçiligida 260 nafar boksçi 10ta vazn toifasida bahslarga kirişadi. Turnirda olimpiada uçun 23ta yöllanma öynaladi.

Uşbu jahon çempionatida Özbekiston şarafini 8 nafar sportçi - Hasanboy Dösmatov, Şahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliyev, Fazliddin Ğoibnazarov, Bektemir Meliqöziyev, Elşod Rasulov, Rustam Tölaganov hamda eng oğir vazn toifasida Bahodir Jalolov himoya qiladi.

Jahon çempionatiga eng köp iştirokçi Yevropadan kelgan – 94 nafar. Osiyodan – 66, Şimoliy va Janubiy Amerikadan – 51, Afrikadan – 32, Okeaniyadan – 17 nafar boksçi çempionat medallari va Olimpiya öyinlari yöllanmalari uçun ringga kötariladi.

5 oktabr kuni “Ali Bin Hamad Al Attiya” sport majmuasida jahon çempionatining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Musobaqalar bugun boşlanadi, hal qiluvçi final janglari 15 oktabrga belgilangan.