AQŞ prezidenti Barak Obama Suriya ixtilofidagi iştirokini faollaştirişdan qoçayotgan bir paytda Rossiya yetakçisi Vladimir Putin vaziyatni öz tomoniga oğdirişga intilmoqda. Şunday ekan, The Weekly Standart naşrining fikriça, bu jangda eng jasur ğalaba qozonadi.
Köplab ekspertlar Suriyani 1979 yilgi Afğoniston kampaniyasi xatolarining takrorlanişi deb baholamoqda. Şu bilan birga, bu ixtilof Afğonistondagi vaziyatdan sezilarli farq qiladi.
Qoçqinlar miqdorining köpligi Putin qöllaşi mumkin bölgan Yevropaga nisbatan bosim quroli bölib xizmat qilişi mumkin.
Uzoq yillar Rossiya Yaqin Şarqda ittifoqçi topa olmayotgan edi. Hozir bu vazifani Eron bajarişi kutilmoqda.
Qiziği, kolumnistning ta'kidlaşiça, Rossiya va Eron şia kamçiligi tomonida turib kuraşmoqda. Asadning ağdarilişi oqibatida sunniylarning kuçayib ketişi har ikki davlat tomonidan xavf-xatar sifatida baholanmoqda.






