Rio-de-Janeyroda bir ayol avtomobilidagi Waze avtonavigatori manzilga yangliş yöl körsatişi oqibatida otib ketildi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
70 yoşli Regina Murmura ismli bu ayol özining turmuş örtoği bilan avtomobilda sayohat qilib yurgan. Avtomobilni turmuş örtoği boşqargan Ular Niteroy turistik şahriga yetib oliş uçun Waze dasturidan foydalanişgan. Navigator bu şaharning örniga şunday nomga ega eng xarob va xavfli tumanlardan biriga yölni körsatgan. Ayol va erkak bu yerga kelganda qandaydir sabablarga köra öz avtomobillarida öqqa tutilgan. Naşrning ma'lumotlariga köra, avtomobilga 20 ta öq uzilgan. Ayolning eri qutulib qolgan, biroq ayol olingan jarohatlardan maşinaning özida jon bergan.
"Baxtga qarşi, haydovçilar bunday manzilni tanlaganlarida xavfli tumanlarga borişning oldini oliş murakkab. Axir u yerda yaşovçi odamlar ham öz uylariga yetib oliş uçun imkoniyatga ega bölişlari kerak", deb aytdi Waze vakili.
Avvalroq Google’ga tegişli Isroilning Waze kompaniyasi maşhur aktyor Arnold Şvartsenegger bilan şartnoma tuzgandi. Unga köra aktyor xizmatning navigatsion eslatmalariga ovoz beradi.






