Ayni kunlarda Özbekistonda 45ta lombard şoxobçasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma'lumotnomasida aytildi.

Ta'kidlanişiça, ularning barçasi mikrofirma yoki xususiy korxona tarzida taşkil etilgan.

Lombardlarning 78 foizi yoki 35tasi Toşkent şahri va viloyatida faoliyat yuritadi. Poytaxtning özidagi lombard şoxobçalar soni 29tadir.

Buxoroda 3ta, Andijonda 2ta, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida esa bittadan lombard şoxobçasi bor. Boşqa viloyatlarda bunday taşkilotlar mavjud emas.