“Iroq va Liviya masalasida Yaqin Şarqdagi rejimni özgartiriş yaxşilikka olib kelmasligi haqida gapirganida Rossiya haq edi. Öziga bölgan işonçi tufayli prezident Vladimir Putin (Ğarbdan farqli ravişda) arab revolyutsiyasi paytida mahalliy hokimiyatni ağdariş uçun turli guruhlarni moddiy tomondan qöllab-quvvatlamadi. Suriya kampaniyasining boşlanişi prezident tomonidan kutilmagan qaror böldi”, deb yozadi The Spectator.

Rossiyaning qat'iy harakatlari soyasida AQŞ prezidenti Barak Obama va Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kameron “dovdirab qolişdi”, deb yozadi naşr. Köpçilik amerikaliklarning fikriça, Putinda boşqa Ğarb yetakçilaridan köra kuçliroq dalillar bor. Putin BMT Boş assambleyasidagi har bir çiqişida Ğarbning Yaqin şarqdagi isyonçilarni qöllab-quvvatlaşini qattiq tanqid ostiga oldi.

Vladimir Putin Suriyadagi qarama-qarşilikni yengişni hal qiluvçi rahbar sifatida özining ittifoqçilari kim, duşmanlari kim,juda yaxşi biladi, deb yozadi The Spectator. Öz navbatida, AQŞ va Buyuk Britaniya nafaqat Asad rejimiga qarşi, balki Yaqin Şarqdagi IŞIDdan tortib “al Qoida”gaça bölgan terrorçi guruhlariga qarşi kuraşmoqda.

Naşrning ma'lum qilişiça, Putin özining kutilmagan qarori bilan Rossiyaning kuçini körsatib berdi. Şu bilan birga AQŞ va Buyuk Britaniyaning “qoğozdan yasalgan yölbarslar” ekanini hamda ularning qat'iyatsizligi tufayli Suriyadagi qarama qarşilik yanada keskinlaşib ketganligini isbotlab berdi.