Bugun, 12 oktabr kuni Iqtisodiyot yönalişida anglo-amerikalik iqtisodçi Engus Diton Nobel mukofotiga sazovor deb topildi va şu bilan an'anaviy “Nobel haftaligi” yakunlandi.

Uşbu davr mobaynida jamoatçilik e'tiboriga Nobel mukofotiga barça rasmiy yönalişlar böyiça sazovor bölgan şaxslarning nomlari havola etildi.

Tibbiyot böyiça Nobel mukofoti

Dastlab, 5 oktabr kunida Tibbiyot yönalişida ğoliblar taqdirlandi. 2015 yilning tibbiyot böyiça Nobel mukofoti parazit qurtlar çaqiradigan infeksiyalarga qarşi tura oladigan preparat yarata olgan tadqiqotçilar Uilyam Kempbell va Satoşi Omura, şuningdek, bezgakka qarşi iloj topgan Yuy Tuga berildi.

Fizika böyiça Nobel mukofoti

6 oktabr kuni esa Fizika böyiça 2015 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari sifatida neytrino ostsillyatsiyasini oçgan Takaaki Kajita va Artur MakDonald nomlari ma'lum qilindi.

Ximiya böyiça Nobel mukofoti

7 oktabr kuni Ximiya böyiça Nobel mukofoti DNK reparatsiyasi böyiça izlanişlar qilgan olimlarga berildi. Bular şvetsiyalik Tomas Lindal, amerikalik Pol Modriç va turkiyalik Aziz Sankar bölişdi.

Adabiyot böyiça Nobel mukofoti

8 oktabr kuni 2015 yil uçun adabiyot yönalişida Nobel mukofoti taniqli belarus yozuvçisi Svetlana Aleksiyeviçga taqdim etildi.

Tinçlik böyiça Nobel mukofoti

9 oktabr kuni 2015 yilgi Tinçlik uçun Nobel mukofotini Tunis milliy dialogining vakillari bölmiş “törtlik”