AQŞning The Washington Post naşri özining raqqoslik qobiliyatlarini körsatişdan uyalmaydigan davlat rahbarlari reytingini tuzib çiqdi. Unga köra Barak Obama eng yaxşi raqs tuşadigan prezident deb tan olindi.
AQŞ naşrning fikriça, öz raqqoslik qobiliyatlarini omma oldida körsatişga jazm qila oladigan davlat rahbarlari orasida AQŞ prezidenti ançagina dadil körinadi. Naşr turli prezidentlar va boş vazirlar özlarining raqqosliklarini körsataman deb uyalib qolgan bir qator misollarni keltirib ötdi. Joriy yilda Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Yamaykada reggi musiqa uslubida ijro qiladigan mahalliy guruhning konsertida özini uşlay olmay, özi uçun omadsiz ravişda raqsga tuşgan. JAR prezidenti Jyeykob Zuma esa Pretoriyada Zimbabve birinçi xonimi Greys Mugabe bilan raqs tuşgan. 2012 yilda Londondagi Olimpiya öyinlari yopilişida Devid Kemeron Spice Girls guruhining iştiroki paytida “raqsga öxşagan bir narsani” tasvirlaşga harakat qilgan.
Obama özining raqqoslik qobiliyatlarini yaqinda Keniyaga uyuştirgan taşrifi paytida ham namoyiş qildi: Obama mahalliy guruhlardan biri bilan birga Keniyaning an'anaviy raqsini ijro etgan.






