Reno Gazette-Journal nashrida yozilishicha, bu samolyot Taxo ko‘li yaqinidagi xususiy uylardan biriga borib urilishi natijasida 2 kishi halok bo‘lgan.
Voqea joyida olingan suratda qarag‘aylar o‘rtasida joylashgan uyda yong‘in chiqqanini ko‘rish mumkin. Uy ichidagi odamlar va jonivorlar tashqariga chiqishga ulgurishgan.
Qayd etilishicha, ular avvaliga uy ustiga daraxt qulab tushgani haqida o‘ylashgan.
Ayni vaqtda tegishli organlar voqea bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.








